UZCARD to‘qqiz oyda salkam 134 mln dollar sof foyda oldi

29.10.2026 11:41
O'zbekchaРусский
Yagona umumrespublika protsessing markazi (UZCARD to‘lov tizimi) joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida 1 trln 609 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan (930 mlrd so‘m) 679 mlrd so‘mga yoki 73 foizga ko‘pdir.
UZCARD to‘qqiz oyda salkam 134 mln dollar sof foyda oldi

Foto: Gazeta.uz

Yagona umumrespublika protsessing markazi (UZCARD) 2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyi bo‘yicha moliyaviy ko‘rsatkichlarini e’lon qildi.

Hisobotga ko‘ra, to‘lov tizimi ushbu davrda 1 trln 609 mlrd so‘m sof foyda ko‘rgan. Bu o‘rtacha rasmiy kurs bo‘yicha hisoblaganda 133 mln 669 ming dollarga teng bo‘ladi.

To‘lov tizimining foydasi o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (930 mlrd so‘m) nisbatan 679 mlrd so‘mga yoki 73 foizga oshgan. 

UZCARD ushbu davrda sof foyda bo‘yicha O‘zbekistondagi 33 ta tijorat bankidan yuqori natija qayd etgan. Faqat Ipoteka-bank undan ko‘proq sof foyda olgan.

To‘lov tizimining tushumi esa 2 trln 85 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 557 mlrd so‘mga yoki 37 foizga oshgan.

Xarajatlar

Ushbu davrda kompaniyaning jami operatsion xarajatlari 639 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichdan 134 mlrd so‘mga yoki 26 foizga ko‘p.

Xarajatlarining katta qismi xodimlar bilan bog‘liq bo‘lib, kompaniya bunga 180 mlrd so‘m sarflagan.

Keyingi eng yuqori xarajatlar esa mahsulotlarni ilgari surish va mijozlarni jalb qilish xarajatlari bo‘lib, bunga 164 mlrd so‘m xarajat qilgan.

Shuningdek, protsessing va uskunalarga xizmat ko‘rsatishga 48 mlrd so‘m, professional xizmatlar va ofis xarajatlariga 75 mlrd so‘m sarflagan.

Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlari esa hisobot davrida 175 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ma’lumot uchun, UZCARD O‘zbekistonda ikkita bo‘lgan to‘lov tizimidan biri bo‘lib, ikkinchisi HUMO hisoblanadi.

#uzcard#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan