Mixail Danilin va Marton Ratki Ipoteka-bank boshqaruv raisining o‘rinbosarlari etib uch yil muddatga tayinlandi.
Tegishli qaror 28-oktyabr kuni bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.
Ushbu tayinlovlar Markaziy bankning yozma roziligi olingach, rasman kuchga kiradi.
Mixail Danilin yangi lavozimda bankning IT blokiga, Marton Ratki esa Strategiya va moliya blokiga rahbarlik qiladi.
Danilin 2025-yilning sentyabr oyidan buyon ushbu bankning Raqamli texnologiyalar direksiyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Manba: Ipoteka-bank
Marton Ratki esa 2024-yilning aprel oyidan buyon Ipoteka-bank Moliyaviy hisobot direksiyasi direktori bo‘lib ishlab kelgan.

Manba: Ipoteka-bank
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida ham Ipoteka-bank boshqaruvida o‘zgarishlar yuz bergandi.
O‘shanda boshqaruv raisining ikki nafar o‘rinbosari — Irakli Elashvili hamda Maksim Bikov lavozimidan ozod etilgandi.
