Ipoteka-bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

04.11.2026 14:53
O'zbekchaРусский
Mixail Danilin va Marton Ratki Ipoteka-bank boshqaruv raisining o‘rinbosarlari etib uch yil muddatga tayinlandi. Tayinlovlar Markaziy bankning roziligi olingach, rasman kuchga kiradi.
Ipoteka-bank boshqaruv raisiga ikkita yangi o‘rinbosar tayinlandi

Mixail Danilin (chapda) va Marton Ratki

Mixail Danilin va Marton Ratki Ipoteka-bank boshqaruv raisining o‘rinbosarlari etib uch yil muddatga tayinlandi.

Tegishli qaror 28-oktyabr kuni bank aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida qabul qilingan.

Ushbu tayinlovlar Markaziy bankning yozma roziligi olingach, rasman kuchga kiradi.

Mixail Danilin yangi lavozimda bankning IT blokiga, Marton Ratki esa Strategiya va moliya blokiga rahbarlik qiladi.

Danilin 2025-yilning sentyabr oyidan buyon ushbu bankning Raqamli texnologiyalar direksiyasi direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

Manba: Ipoteka-bank

Marton Ratki esa 2024-yilning aprel oyidan buyon Ipoteka-bank Moliyaviy hisobot direksiyasi direktori bo‘lib ishlab kelgan.

Manba: Ipoteka-bank

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida ham Ipoteka-bank boshqaruvida o‘zgarishlar yuz bergandi.

O‘shanda boshqaruv raisining ikki nafar o‘rinbosari — Irakli Elashvili hamda Maksim Bikov lavozimidan ozod etilgandi.

#ipoteka-bank#mixail_danilin#marton_ratki

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan