9-noyabr kuni Korporativ axborot yagona portalida Apex Bank boshqaruvidagi o‘zgarishlarga oid muhim fakt e’lon qilindi.
Portalga joylashtirilgan axborotga ko‘ra, bank boshqaruv raisi vazifasini bajarib kelgan Olga Numanova Leonidovna lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, bank boshqaruv raisi o‘rinbosari Sharof Renatovich Ikramovning ham vakolatlari tugatilgan.

Sharof Ikramov / Foto: Apex Bank
E’lon qilingan muhim faktda keltirilishicha, bank boshqaruv raisi vazifalarini vaqtincha bajarish Sherzod Turapovich Madjitovga yuklatilgan.

Manba: Korporativ axborot yagona portali
Sherzod Madjitov 2025-yilning noyabr oyidan buyon Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda.
.jpeg)
Sherzod Madjitov / Foto: Apex Bank
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 2-dekabr kuni Olga Numanova Apex Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Ushbu tayinlovdan ko‘p o‘tmay, bankning amaldagi boshqaruv raisi Sergey Gimadiyev lavozimidan ozod etilgani ma’lum bo‘lgandi.
Shundan buyon Olga Numanova bank boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajarib kelayotgan edi.
