Olga Numanova Apex Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

04.12.2025 11:09
Olga Numanova Apex Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi. Ushbu tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman kuchga kiradi. Eslatib o‘tamiz, Numanova 28-noyabr kuni InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan edi.
Olga Numanova Apex Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: InFinBank

Olga Numanova Apex Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Ushbu tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman kuchga kiradi.  

Eslatib o‘tamiz, Numanova 28-noyabr kuni InFinBank boshqaruv raisi lavozimidan ozod etilgan edi.

Olga Numanova haqida

Olga Leonidovna Numanova 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 

1996-yilda Moliya institutini moliya va kredit ixtisosligi bo‘yicha tamomlagan. Bank tizimidagi faoliyatini ham aynan shu yili boshlagan.  

Numanova 2018-yilning iyun oyidan 2023-yilning dekabr oyiga qadar InFinBank boshqaruvi raisi o‘rinbosari, keyinchalik esa boshqaruv raisi lavozimida ishlagan. 

Joriy yilning avgust oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar kuni munosabati bilan Olga Numanovani Shuhrat medali bilan taqdirlagan edi. 

Ma’lumot uchun, Sergey Gimadiyev joriy yilning may oyidan buyon Apex Bank boshqaruviga raislik qilib kelmoqda.

#olga_numanova#apex_bank#infinbank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar