Sharof Ikramov Garant Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Bu haqda Bank-moliya va fintexdagi tayinlovlar kanali xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tayinlov Markaziy bank bilan kelishilgandan so‘ng rasman kuchga kiradi.
Sharof Ikramov bungacha 2024-yilning oktyabr oyidan buyon Apex Bank boshqaruv raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
6-noyabr kuni uning ushbu lavozimdan ozod etilgani ma’lum bo‘ldi.
Sharof Ikramov haqida qisqacha
Ochiq manbalarda keltirilishicha, Sharof Renatovich Ikramov 1983-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan.
2004-yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2007-yilda esa mazkur oliygohning magistratura bosqichini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2004-yilda Kapitalbank tizimida boshlab, 2021-yilgacha ushbu bankda turli lavozimlarda ishlagan.
2021–2023-yillarda Uzum Bank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.
Apex Bank rahbariyatiga o‘tishidan avval esa ANORBANK kuzatuv kengashi raisining maslahatchisi bo‘lib ishlagan.
