Sug‘urta kompaniyalari to‘qqiz oyda qancha sof foyda ko‘rdi?

10.11.2026 23:17
O'zbekchaРусский
2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida O‘zbekiston sug‘urta kompaniyalari jami 797 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi. Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 284 mlrd so‘mga yoki 55 foizga ko‘pdir.
Sug‘urta kompaniyalari to‘qqiz oyda qancha sof foyda ko‘rdi?

Foto: Vecteezy.com

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda O‘zbekistonda 35 ta sug‘urta kompaniyasi mavjud.

Ularning 28 tasi umumiy sug‘urta, 7 tasi esa hayot sug‘urtasi yo‘nalishida faoliyat yuritadi.

tanga.uz ochiq manbalar asosida sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy natijalarini o‘rgandi.

Infografika: tanga.uz

2026-yilning dastlabki to‘qqiz oyida ularning umumiy sof foydasi 797 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bu o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 284 mlrd so‘mga yoki 55 foizga ko‘pdir.

Ushbu davrda 25 ta tashkilotning sof foydasida o‘sish kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 10 tasida pasayish yoki zarar qayd etilgan.

Asia Insurance, Kapital Sug‘urta hamda Trust Insurance zarardan foydaga chiqqan bo‘lsa, Prestige Insurance aksincha, foydadan zararga tushgan.

Sof foydaning eng yuqori o‘sishi Semurg Insurance kompaniyasida kuzatilgan.

Mazkur tashkilot o‘tgan yilning mos davrini 80 mln so‘m sof foyda bilan yakunlagan bo‘lsa, joriy davrda bu ko‘rsatkich 5 mlrd 270 mln so‘mga yetgan (o‘sish 66 barobar).

Miqdoriy jihatdan esa Euroasia Insurance yetakchilik qilib, uning foydasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 105 mlrd so‘mga ko‘paygan.

Prestige Insurance esa ushbu davrni 10 mlrd so‘m zarar bilan yakunlab, zarar ko‘rgan yagona tashkilot bo‘ldi.

Sof foyda miqdori bo‘yicha Apex Insurance yetakchilik qilmoqda — tashkilot ushbu davrda 208 mlrd so‘mdan ortiq sof foyda ko‘rgan.

Undan keyingi o‘rinlarni Euroasia Insurance (143 mlrd so‘m) hamda Uzbekinvest (57 mlrd so‘m) egallagan.

Hayot sug‘urtasi bo‘yicha esa sof foyda miqdorida TBC Sug‘urta yetakchi bo‘ldi — uning foydasi 3 barobardan ko‘proqqa oshib, 42 mlrd so‘mga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq sug‘urta kompaniyalarining yarim yillik sof foydasi bo‘yicha ma’lumot bergandik.

#sug'urta_kompaniyalar#sof_foyda

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan