Markaziy bank oktyabr oyida 6 ta bankni jarimaga tortdi

11.11.2026 19:28
O'zbekchaРусский
Markaziy bank oktyabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi. Yana 1 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora hamda sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan.
Markaziy bank oktyabr oyida 6 ta bankni jarimaga tortdi

Foto: Yevgeniy Sorochin / Spot

Markaziy bank Bank nazorati qo‘mitasining oktyabr oyidagi faoliyati yakunlari bo‘yicha hisobotini e’lon qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan oy davomida qo‘mita 6 marta yig‘ilish o‘tkazib, jami 43 ta masalani ko‘rib chiqqan va ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilgan.

Ko‘rib chiqilgan masalalarning 23 tasi kredit tashkilotlarini ro‘yxatga olish va ularga ruxsat berish bilan bog‘liq bo‘lgan. Jumladan:

  • Tijorat banklari kuzatuv kengashi va boshqaruvi a’zolari hamda asosiy xodimlar nomzodlarini ko‘rib chiqish — 8 ta
  • Kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish — 8 ta
  • Mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish, akkreditatsiya qilish va to‘lov tashkilotiga litsenziya berish — 4 ta
  • Banklarda audit o‘tkazish huquqini beruvchi auditorlik malaka sertifikatlarini berish — 2 ta
  • Kredit tashkilotlarining ustav fondidagi ulushlariga egalik qilish uchun ruxsat berish — 1 ta

Qolgan 20 ta masala kredit va to‘lov tashkilotlarining moliyaviy holatiga taalluqli bo‘lgan.

Bundan tashqari, oktyabr oyida 6 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotiga nisbatan jarima choralari qo‘llanilgan.

Yana 1 ta bank va 1 ta mikromoliya tashkiloti chora hamda sanksiyalar qo‘llanilishi haqida ogohlantirilgan.

Bunga prudensial normativlar va qonunchilik talablariga rioya etilmagani, shuningdek, inspeksiya tekshiruvlarida aniqlangan qoidabuzarliklar sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank sentyabr oyida 8 ta bankni jarimaga tortgandi.

#markaziy_bank#oktyabr

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan