WB Taxi taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

12.11.2026 10:28
O'zbekchaРусский
Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida WB Taxi taksi agregatori ustun mavqega ega raqamli platforma deb e’tirof etildi. Kompaniya raqobatchisi bo‘lgan Yandex platformasiga ushbu maqom 2024-yilda, Uklon xizmatiga esa joriy yilning 29-oktyabr kuni berilgan.
WB Taxi taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb topildi

Foto: Wildberries

Raqobat qo‘mitasining tegishli buyrug‘i asosida WB Taxi taksi agregatori ustun mavqega ega raqamli platforma deb e’tirof etildi.

Mazkur maqom kompaniyaning yo‘lovchi tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi agregatorlik xizmatlari faoliyatiga taalluqlidir.

Qo‘mitaning ma’lum qilishicha, kompaniyada monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etilib, uning faoliyati monitoring qilib boriladi.

Bu ustun mavqeni suiiste’mol qilish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Shu tariqa, O‘zbekistonda raqamli platforma operatori sifatida ustun mavqega ega bo‘lgan platformalar soni o‘ntaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, WB Taxi kompaniyasining raqobatchisi bo‘lgan Yandex platformasiga ushbu maqom 2024-yilda, Uklon xizmatiga esa joriy yilning 29-oktyabr kuni berilgan.

#wb_taxi#Raqobat_qo'mitasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan