O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

18.11.2026 13:26
O'zbekchaРусский
Ipak Yo‘li Banki, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank hamda Hayot Bank tijorat banklariga islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziya berildi. Shu tariqa O‘zbekistonda islomiy bank litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari soni beshtaga yetdi.
O‘zbekistonda yana to‘rtta bank islomiy bank faoliyati uchun litsenziya oldi

Foto: tanga.uz

Ipak Yo‘li Banki, Orient Finans Bank, Asia Alliance Bank hamda Hayot Bank tijorat banklariga islomiy bank xizmatlarini ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziya berildi.

Markaziy bank boshqaruvi ularga litsenziya berish bo‘yicha tegishli qarorni 18-noyabr kuni qabul qilgan.

Shu tariqa O‘zbekistonda islomiy bank litsenziyasiga ega bo‘lgan tijorat banklari soni beshtaga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, 23-oktyabr kuni Openbank mamlakatda birinchi bo‘lib islomiy bank litsenziyasini olgandi.

#ipak_yuli_bank#asia_alliance_bank#orient_finans_bank#hayot_bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan