Banklarning muammoli kreditlari oktyabr oyida 1,4 trln so‘mga ortdi

26.11.2026 21:09
O'zbekchaРусский
Oktyabr oyida banklarning muammoli kreditlari 1 trln 369 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-noyabr holatiga 26 trln 410 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu o‘sishning katta qismi davlat banklari hissasiga to‘g‘ri keladi.
Banklarning muammoli kreditlari oktyabr oyida 1,4 trln so‘mga ortdi

Foto: Bankers.uz

Oktyabr oyida O‘zbekiston banklarining kredit portfeli 12 trln 972 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-noyabr holatiga 672 trln so‘mni tashkil etdi.

Oylik o‘sishning 7 trln 743 mlrd so‘mi davlat banklari, qolgan 5 trln 229 mlrd so‘mi esa boshqa banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Markaziy bank

Ushbu oyda O‘zmilliybank (2 trln 579 mlrd so‘m), Asakabank (1 trln 541 mlrd so‘m) va Ipak Yuli Banki (971 mlrd so‘m) portfeli eng ko‘p o‘sgan.

Ulardan keyin bu borada Hamkorbank (951 mlrd so‘m), Mikrokreditbank (889 mlrd so‘m) va Xalq Banki (839 mlrd so‘m) joylashgan.

InFinBank (-244 mlrd so‘m), Tenge Bank (-220 mlrd so‘m) hamda TBC Bankning (-125 mlrd so‘m) kredit portfeli esa qisqargan.

Muammoli kreditlar

Oktyabr oyida banklarning muammoli kreditlari hajmi 1 trln 369 mlrd so‘mga ko‘payib, 1-noyabr holatiga 26 trln 410 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Oylik o‘sishning 1 trln 176 mlrd so‘mi davlat banklari, qolgan 192 mlrd so‘mi esa boshqa banklar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur oyda davlat banklari orasida O‘zmilliybank (+667 mlrd so‘m), Mikrokreditbank (+191 mlrd so‘m), Asakabank (+150 mlrd so‘m) hamda Agrobankning (+140 mlrd so‘m) muammoli kreditlari eng ko‘p oshgan.

SQB (-57 mlrd so‘m) hamda Xalq Bankida (-7 mlrd so‘m) bu ko‘rsatkich kamaygan. Qolgan davlat banklarida esa sezilarli o‘zgarish kuzatilmagan.

Boshqa banklar orasida Orient Finans Bank (+107 mlrd so‘m) va Hayot Bankning (+106 mlrd so‘m) muammoli kreditlari hajmi eng ko‘p ko‘paygan.

Kapitalbank (-107 mlrd so‘m) esa ushbu oyda muammoli kreditlari hajmini sezilarli darajada kamaytira olgan.

1-noyabr holatiga ko‘ra to‘rtta bankda, jumladan, Mybank (43,6%), Poytaxt Bank (14,4%), TBC Bank (13,5%) hamda Mikrokreditbank (11,8%) muammoli kreditlar ulushi 10 foizdan yuqori bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida banklarning muammoli kreditlari 1 trln so‘mga ortgandi.

#npl#oktyabr

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan