O‘zbekistondagi kompaniya Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga kiritildi

21.05.2025 07:57
20-may kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalar uchun 17-sanksiyalar paketini e’lon qildi. Sanksiyalar ro‘yxatiga O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan "Trade Engine System" MChJ ham kiritilgan. Mazkur kompaniya elektron va telekommunikatsiya uskunalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi.
O‘zbekistondagi kompaniya Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga kiritildi

Foto: Zuma\TASS

20-may kuni Yevropa Ittifoqi 17-sanksiyalar paketini e’lon qildi

Ittifoq ushbu paketga Ukrainaga qarshi bosqinchilik urushida Rossiya harbiy sanoatini qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalar kiritilganini ma’lum qilgan. 

Sanksiyaga kiritilgan kompaniyalar orasida O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi "Trade Engine System" MChJ ham bor. 

Mazkur kompaniya Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida ro‘yxatdan o‘tgan. Kompaniyaning ta’sischisi va rahbari sifatida Nosirjon Akbarov ko‘rsatilgan. 

Kompaniya elektron va telekommunikatsiya uskunalari hamda ularning ehtiyot qismlari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadi. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9-may kuni Ukraina hukumati bir qator korxonalarga 10 yillik sanksiyalar paketini e’lon qilgandi

Ular orasida O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan 3 ta kompaniya ham bor edi. 

Shuningdek, 3 ta kompaniyadan 2 tasining ta’sischisi hisoblangan Rossiya va O‘zbekiston fuqarosi Rustam Muminov ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgandi.

#yevropa ittifoqi#sanksiya#Trade Engine System

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar