O‘zbekistonliklarga AQSh vizasini olish yengillashtirilishi mumkin

21.05.2025 10:28
Shavkat Mirziyoyev Tashqi ishlar vazirligiga AQSh fuqarolari uchun 3 oy muddatda 30 kunlik vizasiz rejim joriy qilishni hamda O‘zbekiston fuqarolarining AQShga kirishi uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralarni boshlashni topshirdi.
O‘zbekistonliklarga AQSh vizasini olish yengillashtirilishi mumkin

Foto: esquire.kz

2025-yilning 15-may kuni turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi

Unda Tashqi ishlar vazirligiga 3 oy ichida AQSh fuqarolari uchun O‘zbekistonga 30 kunlik muddatga vizasiz kirish tartibini joriy etish vazifasi yuklatilgan. 

Shuningdek, O‘zbekiston fuqarolarining AQShga kirishi uchun viza talablarini yengillashtirish yuzasidan muzokaralar olib borish va natijalar bo‘yicha taklif kiritish zarurligi belgilangan. 

Bundan tashqari, Rossiya, Qozog‘iston va Ozarbayjon fuqarolariga O‘zbekistonga ichki pasport yoki ID-karta, jumladan 16 yoshga to‘lmagan fuqarolarga bolalar pasporti bilan 30 kungacha kirish tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. 

Mazkur farmon bilan 1-iyundan Bahrayn, Quvayt hamda Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etilgandi

Eslatib o‘tamiz, 1-iyundan boshlab Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida ikki davlat fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi.

#AQSh#vizasiz rejim#Tashqi ishlar vazirligi

Eng ko'p o'qilgan