Yandex Go taksi xizmati Sho‘rchi tumanida ishga tushdi

15.06.2025 11:12
Yandex Go taksi xizmati Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida ishga tushdi. Xizmat endigina faoliyatini boshlagani bois, ayrim vaqtlarda bo‘sh haydovchilar topilmasligi mumkin. Shahar bo‘ylab eng kam safar narxi 3 ming so‘mni tashkil etadi.
Yandex Go taksi xizmati Sho‘rchi tumanida ishga tushdi

Foto: Yandex Go

Yandex Go taksi xizmati Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida o‘z faoliyatini boshlamoqda. Bu haqda Sho‘rchi tumanida Yandex Go taksi xizmatini sinab ko‘rgan tanga.uz muxbiri ma'lum qildi.

Uning ma’lum qilishicha, hozirda tumanda Yandex Go taksi xizmati ishlab turibdi. 

Unga tumanning markazlari hamda mashhur joylari allaqachon kiritilgan. Shahar bo'ylab eng kam safar narxi 3 ming so'mni tashkil etadi.

Xizmat endigina ishga tushgani bois, ayrim vaqtlarda bo‘sh haydovchilar topilmasligi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Sho‘rchi tumani Yandex Go faoliyat yuritayotgan Surxondaryo viloyatidagi 3-tuman hisoblanadi. 

Bundan oldin Denov hamda Termiz shaharlarida bu xizmat mavjud edi. 

Sho‘rchida Yandex Go taksi xizmatiga raqobatchi bormi?

Hozirda Sho‘rchi tumanida taksi xizmatini ko‘rsatuvchi ko‘plab korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Bular qatoriga Bek taksi, Tezkor taksi, Royal taksi va boshqa taksi xizmati ko‘rsatuvchilarni misol qilib keltirish mumkin.

Ular orasida kuniga salkam 3 mingta mijozga xizmat ko‘rsatadiganlari ham mavjud.

Sho‘rchi tumanidagi Yandex Go haydovchilari uchun

Xizmat tumanda endigina ishga tushgani sababli eng kam safar narxi 14 ming so‘mni tashkil etadi. 

Bunda mijoz ma’lum safar uchun 4 ming so‘m to‘lasa, qolgan 10 ming so‘mni Yandex Go haydovchiga to‘laydi. 

Haydovchidan har bir safarda Yandex hamda taksapark xizmati uchun 14 foiz xizmat haqi olinadi. 

#taksi#yandex go#Sho'rchi tumani

Eng ko'p o'qilgan