AloqaVentures fondi ONvision startapiga 15 ming dollar investitsiya kiritdi.
ONvision — bu sun'iy intellekt asosida ishlab chiqarish va qurilish korxonalarida xavfsizlik, resurs nazorati va hodisalarni real vaqt rejimida kuzatish imkonini beruvchi AI-platforma. Tizim IP-kameralar bilan integratsiyalashgan holda ishlaydi va avtomatik xabarnomalar yuboradi.
Startap O‘zbekistonda 1000 dan ortiq korxonani qamrab olishni maqsad qilgan va xalqaro bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rayotgani aytildi.
AloqaVentures fondi Innovatsion yoshlar dasturi doirasida g‘oya va MVP bosqichidagi startaplarga $20 000 gacha investitsiyalar berishda davom etmoqda, deyiladi venchur fond xabarida,
Eslatib o'tamiz, avvalroq AloqaVentures fondi Karmon AI startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritgani haqida xabar berilgandi.