AloqaVentures fondi DentalSoft startapiga sarmoya kiritdi. Sarmoya miqdori oshkor etilmagan.
Biroq, mazkur mablag‘ Innovatsion yoshlar dasturi doirasida ajratilgani bois, u eng ko‘pi bilan 20 ming dollarni tashkil etadi.
Startap ushbu sarmoyani savdo hajmini oshirish va mijozlar sonini ko‘paytirish uchun yo'naltiradi.
DentalSoft haqida
DentalSoft stomatologiya klinikalari uchun mo‘ljallangan zamonaviy CRM va avtomatlashtirish platformasi hisoblanadi.
U moliyaviy nazoratni, bemorlar ma’lumotlarini boshqarishni, resurslarni samarali rejalashtirishni hamda tahliliy hisobotlarni shakllantirishni osonlashtirishga xizmat qiladi.
Platforma hozirda O‘zbekiston bo‘ylab 35 ta klinika tomonidan amalda qo‘llanilmoqda.
Eslatib o'tamiz, bundan avval AloqaVentures ONvision startapiga 15 ming dollar sarmoya kiritgan edi.