TBC Bank Triple Jump’dan 12,5 mln dollar mablag‘ jalb qildi

23.06.2025 11:43
O'zbekchaРусский
TBC Bank Uzbekistan Niderlandiyaning Triple Jump investitsiya kompaniyasidan 12,5 mln dollar miqdorida mablag‘ jalb qildi. Bank mazkur mablag‘ orqali kichik va o‘rta biznes segmentini kreditlash xizmatlarini rivojlantirishini ma’lum qildi.
TBC Bank Triple Jump’dan 12,5 mln dollar mablag‘ jalb qildi

Foto: tbcbank.uz

TBC Bank Uzbekistan Niderlandiyaning Triple Jump investitsiya kompaniyasidan 12,5 mln dollar mablag‘ jalb qildi. Bu haqda TBC Bank Uzbekistan vakili tanga.uz nashriga xabar berdi. 

Unga ko‘ra, bank mazkur mablag‘ orqali o‘zining yangi kichik va o‘rta biznes (KO‘B) segmentini kreditlash xizmatini rivojlantirmoqchi, shuningdek, ayollar rahbarligidagi korxonalarga kredit ajratishni ko‘paytirishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, TBC Bank Group kompaniyasi O‘zbekistondagi faoliyatini rivojlantirish uchun 200 mln dollarlik obligatsiyalarni Viena MTF platformasiga joylashtirilishini e’lon qilgandi.

Ma’lumot uchun, Triple Jump investitsiya kompaniyasi 2006-yilda tashkil etilgan. Uning asosiy yo‘nalishi rivojlanayotgan mamlakatlardagi kichik va o‘rta biznesni, ayollar tadbirkorligini hamda iqlim o‘zgarishiga qarshi barqaror loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan.

#Triple Jump#TBC Bank

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar