2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2 ta to‘lov tizimi hamda 49 ta to‘lov tashkiloti faoliyat yuritmoqda.
tanga.uz moliyaviy hisobotlarni ochiqlagan to‘lov tizimlari va to‘lov tashkilotlarining sof foydasini o‘rganib, bu haqda ma’lumot to‘pladi.
Unga ko'ra, moliyaviy hisobotlarini ochiqlagan to‘lov tashkilotlarining 2024-yildagi sof foydasi quyidagicha bo'lgan:
- Uzum Nasiya — 465,5 mlrd so‘m
- Click — 295,1 mlrd so‘m
- Paynet — 281,5 mlrd so‘m
- Payme — 274,3 mlrd so‘m
- Alif Mobi — 44 mlrd so‘m
- ATTO — 15,4 mlrd so‘m
- BEELAB — 11,4 mlrd so‘m
- Payment — 10,2 mlrd so‘m
- ATMOS — 8,5 mlrd so‘m
- Open — 7 mlrd so‘m
- VIA — 5,7 mlrd so‘m
- A-Pay — 713,6 mln so‘m
- Sello — –29,1 mlrd so‘m
Ma’lumot uchun, Paynet 2023-yilda 153,5 mlrd so‘m sof foyda olgandi.
Click hamda Payme’ning sof foydasi esa mos ravishda 205,2 mlrd so‘m va 202,5 mlrd so‘mni tashkil etgandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistondagi barcha to‘lov tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida faoliyat yuritishi kerak.
To'lov tizimlari
UZCARD to‘lov tizimi 2024-yilda 955,7 mlrd so‘m sof foyda olgan. Bu 2023-yilga nisbatan 368,9 mlrd so‘mga yoki 63 foizga ko‘proqdir.
Kompaniya daromadi 2024-yilda qariyb 1,3 trln so‘mga yetgan. Aktivlari esa 199,4 mlrd so‘mga yoki 37 foizga o‘sib, jami 736,2 mlrd so‘mni tashkil etgan.
HUMO to‘lov tizimining sof foydasi esa 2024-yilda 168,3 mlrd so‘mga teng bo‘lgan. Bu 2023-yilga nisbatan qariyb 54 mlrd so‘mga yoki 47 foizga ko‘proqdir.
Yil davomida kompaniyaning daromadi 216,4 mlrd so‘mdan 311,5 mlrd so‘mgacha ortgan.
Shuningdek, kompaniya aktivlari 2023-yilga nisbatan 65,4 foizga oshib, 434,8 mlrd so‘mga yetgan.