Yandex Plus xizmati Tojikistondagi faoliyatini yakunlamoqda. Ma’lum bo‘lishicha, hududda ekotizimning Plus xizmatini sotib olish imkoniyati 2025-yil 15-avgustdan to‘xtatiladi.

Ma’lumot uchun, Yandex Plus Yandex ekotizimining ko‘ngilochar xizmati hisoblanadi. Uning tarkibiga Yandex Music, Yandex Books, Kinopoisk va boshqa ko‘ngilochar xizmatlar kiradi.
Tojikistonda ekotizimning Plus xizmati narxi taxminan 2,17 dollar edi. Shunday qilib, Tojikistonda Yandex ekotizimining birorta ham xizmati qolmadi.
Eslatib o'tamiz, 2022-yilda Yandex Go taksi xizmati Tojikiston bozoriga bir necha bor kirishga uringan. Biroq bu urinishlar natijasiz yakunlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, Yandex Plus xizmati 15-avgustdan boshlab Turkmaniston hamda Mo‘g‘ulistondagi faoliyatini ham yakunlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda Yandex ekotizimi orqali o‘zini o‘zi band qilganlarning umumiy daromadi 340 mln dollarga teng bo‘lgandi.
