Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yilning iyun-iyul oylaridagi yig‘ilishlarida 59 ta masalani ko‘rib chiqdi.
Ularning 15 tasi to‘lov tashkilotlarining ustav kapitalini belgilangan summaga yetkazmaganlik hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar bilan bog‘liq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank boshqaruvi qaroriga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekistonda to‘lov tashkilotlarining eng kam ustav kapitali miqdori 20 mlrd so‘m bo‘lishi kerak.
Korxona va tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 12-avgust holatiga quyidagi to‘lov tashkilotlarining ustav kapitali minimal miqdorga yetmagan:
- LimonPay — 16,01 mlrd so'm ("Limon Pay" AJ)
- Emit-Solution — 13,03 mlrd so'm ("Emit-Solution" AJ)
- Pay-Way — 11 mlrd so'm ("Pay-Way" AJ)
- UPay — 11 mlrd so'm ("Maroqand" AJ)
- Parapay — 10,2 mlrd so'm ("Parapay" AJ)
- Payload — 10,1 mlrd so'm ("Payload" AJ)
- YuzPay — 10,03 mlrd so'm ("Tad Industries" AJ)
- dpay — 10 mlrd so'm ("Raqamli Biznes Agregator" AJ)
- Cross Pay — 10 mlrd so'm ("Cross Pay" AJ)
- Altapay — 10 mlrd so'm ("Altapay" AJ)
- Xonsaroy Pay — 10 mlrd so'm ("Xonsaroy Payments" AJ)
- Yangi Payment — 5 mlrd so'm ("Yangi Payment" MCHJ)
Ma’lumot uchun, 2025-yilning 22-yanvar holatiga O‘zbekistonda 41 ta to‘lov tashkiloti ro‘yxatdan o‘tgan.
Ustav kapitali bo‘yicha minimal talabni bajargan to‘lov tashkilotlari quyidagilardir:
- Paynet — 558,1 mlrd so'm ("Paynet" AJ)
- MyUzcard — 223 mlrd so'm ("Plum Technologies" AJ)
- Open — 150,1 mlrd so'm ("Future Open Technology Group" AJ)
- Sello — 95,5 mlrd so'm ("Marketplace Trading" AJ)
- ATTO — 39,1 mlrd so'm ("Avtomatlashtirilgan Transport To`lov Tizimi Operatori" AJ)
- OSON — 34,74 mlrd so'm ("Brio Group" AJ)
- MARTA — 32,8 mlrd so'm ("Mayasoft" AJ)
- ZPLAT — 30,6 mlrd so'm ("Zplat" AJ)
- Paylov — 27,8 mlrd so'm ("Octagram" AJ)
- Beelab — 27,7 mlrd so'm ("Beelab" AJ)
- TezPay — 26,1 mlrd so'm ("Tezpay" AJ)
- Uzum Nasiya — 25 mlrd so'm ("Solutions Lab" AJ)
- MultiPay — 23 mlrd so'm ("Multipay" AJ)
- GlobalPay — 21,3 mlrd so'm ("Global Solutions" AJ)
- Smart Marketplace — 21 mlrd so'm ("Smart Marketplace" AJ)
- A-Pay — 20,3 mlrd so'm ("Center For Digital Technology And Innovation" AJ)
- Multicard Payment — 20,1 mlrd so'm ("Multicard Payment" AJ)
- ATMOS — 20,01 mlrd so'm ("National Innovative Payment Technologies" AJ)
- Click — 20 mlrd so'm ("Click" AJ)
- Payme — 20 mlrd so'm ("Payme" AJ)
- Freedom Pay — 20 mlrd so'm ("Freedom Payments" AJ)
- Alif — 20 mlrd so'm ("Alif Tech" AJ)
- IWON — 20 mlrd so'm ("Choykhona" AJ)
- Payze — 20 mlrd so'm ("Cs Express Pay" AJ)
- Infinity Pay — 20 mlrd so'm ("Quick Payments Solution" AJ)
- VIA — 20 mlrd so'm ("Devhub" AJ)
- Oxus Pay — 20 mlrd so'm ("Oxus Pay" AJ)
Qo‘shimcha ma’lumot sifatida, ushbu tashkilotlarning yuridik manzili Toshkent shahrida joylashgan.
Faqatgina MilliyPay tashkilotining yuridik manzili Xorazm viloyatining Xonqa tumanida ro‘yxatdan o‘tgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-iyuldan boshlab to‘lov tashkilotlari faoliyatini faqat aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etish va yuritish talabi joriy qilindi.
Ushbu talabni "Yangi Payment" MCHJdan tashqari barcha to'lov tashkilotlari bajargan.
Avvalroq, moliyaviy hisobotlarini ochiqlagan to‘lov tashkilotlarining 2024-yilda qancha sof foyda olgani haqida yozgandik.