AloqaVentures fondi pDaftar startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi.
Ushbu startap kichik va o‘rta bizneslar uchun qarzga asoslangan savdolarni boshqarish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi.
Platformaning Android hamda iOS qurilmalari uchun ilovasi mavjud.
Ilova yordamida korxonadan qarzdor mijozlar ro‘yxatini raqamli tarzda saqlash, shuningdek, to‘lov muddatlari haqida avtomatik eslatmalar yuborish mumkin.
Bundan tashqari, bizneslar platforma orqali o‘z daromad va xarajatlarini tahlil qilishlari ham mumkin.
Startap kelajakda bo‘lib to‘lash funksiyasini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.
Shu bilan birga, sun’iy intellekt yordamida mijozlarga avtomatik qo‘ng‘iroqlar qilish funksiyasini ham qo‘shishni mo‘ljallamoqda.
Avvalroq, AloqaVentures auto.uz startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritgandi.