AloqaVentures Yammiy startapiga 15 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap qandolat mahsulotlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan.
Startapning dastlabki faoliyati Qarshi shahrida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, kelajakda xizmat ko‘rsatish hududini kengaytirmoqchi.
Startap yaqinda Android qurilmalari uchun ilovasini ishlab chiqdi. Biroq ilova endigina ishga tushirilgani sababli unda bir qancha kamchiliklar mavjud.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur startap 2025-yil 16-iyun sanasida MChJ sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Uning rahbari Ismoilova Gulrux Arislon qizi hisoblanadi.
Ismoilova, shuningdek, startapning 55 foiz ulushiga egalik qiladi. Startapning 25 foiz ulushi esa Ruslan Rustamovga tegishlidir.
Rustamov shuningdek, “Yemak” MChJning egasi hisoblanadi. Ushbu kompaniya bilan Yammiy startapining yuridik manzili bir joyda joylashgan.
Startapning 15 foizi esa G‘aniyev Davlatga tegishli hisoblanadi. Ga’niyevning "Foreach Education" kompaniyasi mavjud bo‘lib, uning yuridik manzili ham startap bilan bir xil manzilda joylashgan.
Mazkur jismoniy shaxslar startapning bevosita asoschilari yoki angel investorlari bo‘lishi mumkin.
Startapning qolgan 5 foiz ulushi esa Startup Garage’ga tegishli hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, AloqaVentures portfelidagi Coozin startapi IT Park Ventures’dan 50 ming dollar sarmoya jalb qilgandi.
Bu startap ham Yammiy singari qandolat mahsulotlarini yetkazib berishga ixtisoslashgan.
Avvalroq, AloqaVentures pDaftar startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritgandi.