AloqaVentures fondi Business Robots AI startapiga $100 ming sarmoya kiritdi

19.08.2025 07:11
AloqaVentures fondi Business Robots AI startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida kompaniyalarga savdo jarayonlari va mijozlar bilan muloqotni to‘liq avtomatlashtirish imkonini beradi.
AloqaVentures fondi Business Robots AI startapiga $100 ming sarmoya kiritdi

O'ng tomonda Hojiakbar Axmadjonov, chapda esa Valeriy Bushuyev. Foto: AloqaVentures

AloqaVentures fondi Business Robots AI startapiga 100 ming dollar sarmoya kiritdi

AloqaVentures fondi odatda startaplarning 4 foiz ulushini sotib oladi. 

Bundan kelib chiqib, mazkur startap 2,5 mln dollarga baholanganini taxmin qilsak bo‘ladi.

Startap haqida

Business Robots AI startapi turli kompaniyalarga sun’iy intellekt yechimlari orqali raqamlashtirish xizmatlarini taqdim etadi. 

Ma’lum bo‘lishicha, u bir nechta zamonaviy sun’iy intellekt tizimlari orqali faoliyat yuritadi. 

Startap 2024-yil 27-noyabrda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lib, uning rahbari Valeriy Bushuyev hisoblanadi.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, startapning 50 foiz ulushi Axmadjonov G‘ofur o‘g‘liga tegishli ekan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu shaxs Tulyaganov G‘afur Axmadjonovichning o‘g‘li hisoblanadi. 

Tulyaganov esa Toshkent shahridagi bir qancha filialga ega Axmad Oltin Jo‘ja restoranlar tarmog‘ining 50 foiziga egalik qiladi

Qolgan 50 foiz ulushi esa Tulyaganov Obidjon Axmadjonovichga tegishlidir. 

Business Robots AI startapining qolgan 50 foiz ulushi esa Bushuyev Valeriy Dmitriyevichga tegishli hisoblanadi.

Bushuyev shuningdek, Caravan Turizm kompaniyasining bosh direktori hamda asoschilaridan biri sanaladi

Avvalroq, AloqaVentures fondining Yammiy startapiga 15 ming dollar sarmoya kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

#aloqaventures#Business_Robots_AI

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar