Yevroosiyo Bankining litsenziyasi bekor qilindi

28.08.2025 06:22
Yevroosiyo Bankining litsenziyasi bekor qilindi. Bunga bankning ustav kapitali belgilangan minimal talabga yetmaganligi hamda bank faoliyatiga oid qonunchilikda belgilangan boshqa talablarni ham bajarmagani sabab bo‘lgan.
Yevroosiyo Bankining litsenziyasi bekor qilindi

Foto: Yevroosiyo Banki

Markaziy bank Boshqaruvi qaroriga ko‘ra, Yevroosiyo Bankining faoliyat yuritish huquqini beruvchi litsenziyasi bekor qilindi

Ma’lum bo‘lishicha, bank o‘z ustav kapitalini qonunchilikda belgilangan eng kam talab darajasiga yetkaza olmagan.

Bundan tashqari, bank faoliyatiga oid qonunchilikda ko‘rsatilgan boshqa talablarni ham bajarmagan. 

Natijada, Markaziy bank amaldagi tartibga binoan bankni majburiy tugatish va tugatish komissiyasini tayinlash to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Ma’lumot uchun, "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi" qonunga muvofiq 2024-yil 1-apreldan tijorat banklari ustav kapitalining eng kam miqdori 350 mlrd so‘m, 2025-yil 1-yanvardan esa 500 mlrd so‘m bo‘lishi shart. 

2025-yil 28-avgust holatiga ko‘ra, Yevroosiyo Bankining ustav kapitali 200 mlrd so‘mni tashkil etmoqda. 

Avvalroq, ustav kapitali minimal talabga yetmagan to‘lov tashkilotlari haqida yozgandik.

Yevroosiyo Banki haqida

Yevroosiyo Banki Qozog‘istondagi shu nomdagi bankning sho‘ba korxonasi edi. 

U O‘zbekistondagi faoliyatini 2024-yilning boshida boshlagan. 

2025-yilning 25-avgust holatiga ko‘ra, mazkur bankning depozit qoldig‘i hamda kredit portfeli nolga teng bo'lgan. 

Ehtimol, bank O‘zbekistondagi qisqa muddatli faoliyati davomida birorta ham mijozga xizmat ko‘rsatmagan bo‘lishi mumkin.

#Yevroosiyo_Banki

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar