AloqaVentures MedMapp startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

29.08.2025 10:47
AloqaVentures fondi MedMapp startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi. Mazkur startap chet elda davolanishni istovchilar uchun klinika tanlash, hujjatlarni to‘plash va boshqa jarayonlarni bitta platformada amalga oshirish imkonini beradi.
AloqaVentures MedMapp startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

Foto: AloqaVentures

AloqaVentures fondi MedMapp startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritdi

AloqaVentures fondi odatda startaplarning 4 foiz ulushini sotib oladi. 

Shundan kelib chiqib, MedMapp startapining qiymati 500 ming dollar atrofida baholangan bo‘lishi mumkin.

MedMapp startapi haqida

MedMapp — O‘zbekiston va butun Markaziy Osiyodagi bemorlarni xorijdagi klinikalar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lovchi tibbiy turizm platformasidir. 

Platforma bemorga eng mos klinikani tanlashda ko‘maklashadi. 

Bundan tashqari, u hujjatlarni tayyorlash, tarjima qilish va viza olishni osonlashtiradi. Bunda barcha xizmat narxlari ko‘rsatilgan bo‘ladi.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, startap 2025-yilning 30-iyul sanasida yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan. Uning rahbari Sultonova Mehruza hisoblanadi. 

Startap AloqaVentures fondidan sarmoya jalb qilguniga qadar, kompaniyadagi ulushlar taqsimoti quyidagicha edi:

  • Sultonova Mehruza — 55%
  • Mirakov Shohjahon — 40%
  • "Startup Garage" MChJ — 5%

Shohjahon Mirakovning LinkedIn sahifasidagi ma’lumotlardan uning dasturchi ekanligini taxmin qilish mumkin. 

U hozirda DelX IT Group kompaniyasida loyiha menejeri lavozimida ishlaydi. 

Avvalroq, AloqaVentures fondi stomatologiya klinikalarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan DentalSoft startapiga 20 ming dollar sarmoya kiritgandi.

#aloqaventures#medmapp

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar