Mom’s Touch fast-fud tarmog‘i O‘zbekistonga kirib kelmoqda

02.09.2025 05:52
Janubiy Koreyaning yirik Mom’s Touch fast-fud tarmog‘i O‘zbekistonga franshiza orqali kirib kelmoqda. 2025-yil oxirigacha Toshkentda birinchi filialini ochish rejalashtirilgan. Mazkur tarmoq ham xuddi KFC singari tovuq go‘shti taomlariga ixtisoslashgan.
Mom’s Touch fast-fud tarmog‘i O‘zbekistonga kirib kelmoqda

Foto: Mom’s Touch

Janubiy Koreyaning yirik fast-fud tarmog‘i Mom’s Touch O‘zbekistonga franshiza orqali kirib kelmoqda. 

Mahalliy hamkor sifatida UHL logistika operatori tomonidan ushbu loyiha uchun maxsus tashkil etilgan One Food kompaniyasi tanlangan. 

26-avgust kuni ikkala kompaniyaning bosh direktori o‘rtasida franshiza shartnomasi imzolandi

Foto: Kim Dong-Jon hamda Zafar Xo‘jayev

Ma’lum bo‘lishicha, birinchi savdo nuqtasi 500 kvadrat metr maydonli bo‘lib, shu yilning o‘zida ochiladi. 

Butun mamlakat bo‘ylab esa 60 ga yaqin filial ochish rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, KFC fast-fud tarmog‘ining O‘zbekistonda 29 ta filiali mavjud. 

Mom’s Touch tarmog‘i ham xuddi KFC singari tovuq taomlariga ixtisoslashgan.

Mom’s Touch haqida

Mom’s Touch Janubiy Koreyaning eng yirik fast-fud tarmog‘i hisoblanadi. 

Uning mamlakatda 1 ming 460 ta filiali mavjud bo‘lib, yillik daromadi 270 mln dollarni tashkil etadi. 

Bundan tashqari, tarmoqning Tailand, Mo‘g‘uliston, Yaponiya va Laosda ham savdo nuqtalari mavjud. Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib O‘zbekistonga kirib kelmoqda. 

Ma’lumot uchun, bir necha yil oldin tarmoq AQShga ham kirib borgan, ammo u yerda mustahkam o‘rnasha olmagan va tez orada yopilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning birinchi yarmida KFC tarmog‘i umumiy ovqatlanish sohasida eng ko‘p soliq to‘lagandi.

#Mom’s_Touch#One_Food#fast-fud

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar