Uzum 2026-yilda 300 mln dollarlik yevrobond chiqarmoqchi

02.09.2025 12:48
Uzum 2026-yilning birinchi yarmida 300 mln dollarlik yevrobond chiqarishni rejalashtirmoqda. Shuningdek, ekotizim 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan potensial IPO uchun tayyorgarlikni ham boshlagan.
Uzum 2026-yilda 300 mln dollarlik yevrobond chiqarmoqchi

Foto: Uzum

Uzum ekotizimi 2026-yilning birinchi yarmida 300 mln dollar qiymatidagi yevrobond chiqarishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda ekotizimning asoschilaridan biri Nikolay Seleznev Bloomberg nashriga ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ekotizim 2027-yilda bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan potensial IPO uchun tayyorgarlikni ham boshlagan.

Ko‘rib chiqilayotgan birjalar orasida Gonkong, Abu-Dabi hamda AQShning yirik fond birjasi Nasdaq ham bor.

IPO — bu kompaniyaning aksiyalarini birjada sotuvga chiqarish orqali investorlardan mablag‘ jalb qilish jarayonidir.

Mart oyida ekotizim Toshkent fond birjasida 300 mlrd so‘mlik ilk obligatsiyalarni joylashtirgan edi.

Seleznevning ta’kidlashicha, mahalliy bozor kompaniyaning moliyaviy ehtiyojlarini to‘liq qondirish darajasiga hali yetmagan. 

Toshkent fond birjasidagi savdo hajmlari hozircha mamlakat maqsadlariga to‘liq mos kelmayapti. Shu bois biz ayni paytda boshqa manbalarni ham ko‘rib chiqmoqdamiz, — dedi Seleznev.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Uzum ekotizimi 70 mln dollar miqdorida sarmoya jalb qilgandi

Mazkur mablag‘ Xitoyning Tencent xoldingi va xalqaro VR Capital investitsiya fondlaridan jalb etilgandi. 

Bitim yakunlariga ko‘ra, Uzum ekotizimining qiymati 1,5 mlrd dollarga yetgani ma’lum bo‘lgandi.

#uzum #IPO

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar