Biznesni Rivojlantirish Banki tadbirkordan asossiz ravishda 115,6 mln so‘m yechib olgan

04.09.2025 09:24
Biznesni Rivojlantirish Banki Bo‘stonliq tumanidagi korxonadan asossiz ravishda 115,6 mln so‘m yechib olgan. Biznes-ombudsmanning aralashuvi natijasida, mazkur mablag‘ korxona hisobiga qaytarilgan va bu ishdagi bank xodimi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Biznesni Rivojlantirish Banki tadbirkordan asossiz ravishda 115,6 mln so‘m yechib olgan

Foto: Shutterstock.com

Biznesni Rivojlantirish Banki Bo‘stonliq tumanidagi korxonadan asossiz ravishda 115,6 mln so‘m yechib olgan. Bu haqda Biznes-ombudsman ma’lum qildi

Ma’lum bo‘lishicha, korxona bankning hududiy bo‘linmasidan qarzdor bo‘lgan. Asosiy qarzni undirish to‘g‘risidagi sud qaroridan so‘ng bank korxona hisob raqamidan asossiz ravishda ustama hisoblagan holda 115,6 mln so‘m yechib olgan. 

Ta’kidlanishicha, korxona rahbari bankka bir necha bor murojaat qilgan, ammo murojaatlar e’tiborsiz qoldirilgan. 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, murojaatni ko‘rib chiqish tartibini buzgani uchun bank mansabdor shaxsi ma’muriy javobgarlikka tortilgan. 

Ombudsmanning aralashuvi tufayli noto‘g‘ri undirib olingan 115,6 mln so‘m pul mablag‘lari korxonaning hisob raqamiga qaytarilgan. 

Avvalroq, Xalq Bankining Yangiqo‘rg‘on tumanidagi bank xizmatlari markazida 9,5 mlrd so‘m o‘zlashtirilgani ma’lum bo‘lgandi

Bu ishda Namangan viloyati mintaqaviy markazining yollanma xodimi gumon qilinayotgan edi.

#Biznes-ombudsman#BRB

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar