Ilk bor 100 gramm oltin quymasining narxi 150 mln so‘mdan oshdi

09.09.2025 10:19
O'zbekchaРусский
2025-yil 9-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 1 506 200 so‘mni tashkil etdi. Bu mamlakat tarixidagi rekord narx hisoblanadi. Narxlar yil boshiga nisbatan 35 foizga, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan esa 42 foizga yuqoriladi.
Ilk bor 100 gramm oltin quymasining narxi 150 mln so‘mdan oshdi

Oltin quymasi

2025-yil 9-sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 gramm oltin quymasining narxi 1 506 200 so‘mni tashkil etdi. Bu mamlakat tarixidagi rekord narx hisoblanadi. 

Manba: Markaziy bank

Narxlar sentyabr oyining o‘zida 7,5 foizga ko‘tarildi. Yil boshiga nisbatan esa 35 foizga oshdi. Taqqoslash uchun, narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 42 foizga yuqorilagan. 

Misol uchun, bir yil oldin 100 mln so‘mga oltin quymasini sotib olganlar 42,15 mln so‘m foyda ko‘rdi. 

Sentyabr oyi boshida xarid qilganlar esa 7,5 mln so‘mdan ko‘proq foyda oldi. 

O‘zbekistonda oltin quyma narxlari joriy yil boshidan beri qimmatlamoqda. 22-aprelda eng yuqori cho‘qqiga chiqdi. 

Shundan so‘ng avgust oyigacha barqaror turdi. Avgust oyida yana tezlashib, 9-sentyabr holatiga ko‘ra, aprel oyidagi rekordni yangiladi. 

Oltin narxlari nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyoda qimmatlamoqda. 

Xususan, 9-sentyabr soat 10:00 holatiga ko‘ra, oltinning 1 troy unsiyasi 3 656 dollarni tashkil etmoqda. 

Ma’lumot uchun, troy unsiya oltinning xalqaro o‘lchov birligi hisoblanadi. Bunda 1 troy unsiya 31,1035 grammga tengdir. 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari birinchi marta 50 mlrd dollardan oshdi.

#oltin#oltin_quymasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilayotgan