O‘zbekistonda xususiy shifoxonalar soni bir yilda 80 foizga ko‘paydi

12.09.2025 14:08
O'zbekchaРусский
2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy shifoxonalar soni 1 ming 301 tani tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 577 taga yoki 80 foizga oshgan. So‘nggi besh yil ichida esa 2,3 barobarga ko‘paygan.
O‘zbekistonda xususiy shifoxonalar soni bir yilda 80 foizga ko‘paydi

Foto: SSV matbuot xizmati

2025-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda xususiy shifoxonalar soni 1 ming 301 tani tashkil etdi. 

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 577 taga yoki 80 foizga oshgan. 

Bu raqamlar yil boshidagi ko‘rsatkichdir. Infografika: tanga.uz

So‘nggi besh yil ichida esa 2,3 barobarga ko‘paygan. 2020-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, ularning soni 575 ta edi. 

Ma’lumot uchun, yuqoridagi raqamlar yotib davolanish imkoniyati mavjud bo‘lgan xususiy shifoxonalarga tegishlidir. 

Mamlakatdagi barcha xususiy tibbiyot muassasalari soni esa 2024-yilning 29-avgust holatiga ko‘ra, 9 ming 200 tani tashkil etgan.

Avvalroq, stomatologiya klinikalarini raqamlashtirishga mo‘ljallangan DentalSoft startapi AloqaVentures fondidan sarmoya jalb qilgandi.

#xususiy_shifoxonalar

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar