Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi 2025-yil avgust oyidagi yig‘ilishlarida 51 ta masalani ko‘rib chiqdi. Bularning 32 tasi ro‘yxatga olish va ruxsat berish masalalari bilan bog‘liq bo‘lgan.
Shuningdek, yangi ochilayotgan mikromoliya tashkilotlarini hisob ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 8 ta, kredit tashkilotlari ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha esa yana 9 ta masala ko‘rib chiqildi.
Avgust oyi mobaynida 14 ta bank va 2 ta to‘lov tashkilotiga ogohlantirish berilgan bo‘lsa, 9 ta bank, 6 ta mikromoliya tashkiloti va 4 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.
Bundan tashqari, nazorat organi ushbu oyda Yevroosiyo Bankining litsenziyasini bekor qildi. Bunga bankning ustav kapitali minimal talabga yetmagani sabab bo‘lgan.
