Bellissimo Pizza fast-fud tarmog‘i Qozog‘iston bozoriga kirdi. Birinchi filialini Astana shahrining Sig‘noq ko‘chasida ochdi.
Tarmoqning Qozog‘istondagi faoliyatiga Magomed Kostoyev rahbarlik qiladi.
Kostoyevning ta’kidlashicha, tarmoq yaqin kelajakda o‘z faoliyatini kengaytira boshlaydi.
Ma’lum qilinishicha, mamlakatdagi ikkinchi savdo nuqtasi sentyabr oyining oxirigacha, uchinchisi esa oktyabr oyining birinchi yarmida ishga tushirilishi kutilmoqda.
Kompaniya 2028-yilning oxirigacha mamlakatdagi savdo nuqtalari sonini 200 taga yetkazishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot uchun, Bellissimo Pizza 2015-yilda tadbirkor Farrux Abdullayev tomonidan tashkil etilgan.
Tarmoqning birinchi savdo nuqtasi o‘sha yili Toshkent shahrida ochilgan.
Avvalroq, Janubiy Koreyaning Mom’s Touch fast-fud tarmog‘i O‘zbekistonga franshiza orqali kirib kelayotgani ma’lum bo‘lgandi.