Sino AI startapi angel investordan 250 mln so‘m sarmoya jalb qildi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu mablag‘ sun’iy intellekt texnologiyasini rivojlantirish va mobil ilova yaratishga yo‘naltiriladi.
Startap haqida
Sino AI — sun’iy intellektga asoslangan tibbiy maslahatchi hisoblanadi.
Ushbu maslahatchi kasallik belgilarining sabablarini tezroq va aniqroq tushunib olishga yordam beradi.
Startap yaqin kelajakda quyidagilarni yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan:
- mobil ilovani ishga tushirish;
- klinikalar bilan integratsiya;
- onlayn sug‘urta rasmiylashtirish;
- uyga hamshira chaqirish;
- xalqaro shifokorlar bilan maslahatlar.
Ma’lumot uchun, startap 2025-yilning 25-avgust sanasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Uning asoschisi va rahbari Alisher Akmaljonov hisoblanadi.
Avvalroq, tibbiyot sohasini raqamlashtirishga qaratilgan MedMapp startapi 20 ming dollar sarmoya jalb qilgandi.
