1FIT kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

19.09.2025 09:22
Raqobat qo‘mitasi 1FIT kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi. Qo‘mita matbuot kotibining tanga.uz nashriga ma’lum qilishicha, kompaniya reklamalarida "eng yaxshi" va shunga o‘xshash iboralarni ishlatgan.
1FIT kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘llanildi

Foto: 1FIT

Raqobat qo‘mitasi 1FIT kompaniyasiga nisbatan moliyaviy jarima qo‘lladi

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirgan reklamalarida “bo‘rttiruvchi ma’nolar” aniqlangan. 

Raqobat qo‘mitasi aynan shu sababli jarimani qo‘llaganini bildirdi. 

Eslatib o‘tamiz, qo‘mita qaroridan norozi bo‘lgan tomon sudga murojaat qilish huquqiga egadir. 

Raqobat qo‘mitasi matbuot kotibining tanga.uz nashriga ma’lum qilishicha, kompaniya reklamalarida "eng yaxshi" va shunga o‘xshash iboralarni ishlatgan. 

Qo‘mita aynan shu sababli reklama to‘g‘risidagi qonunning 16-moddasi buzilishi yuzasidan jarima qo‘llaganini bildirdi.

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi Uzum Market da’vosi bo‘yicha Yandex Market reklama roligini o‘rganib chiqib, uni noto‘g‘ri taqqoslash sifatida baholagandi.

#1fit#Raqobat_qo'mitasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar