Toshkentda birinchi Burger King restoranlari 2025-yil oxirigacha ochiladi

24.09.2025 14:00
O‘zbekistonda birinchi Burger King restoranlari 2025-yil oxirigacha ochilishi aytilmoqda. Ma’lum qilinishicha, dastlabki uchta restoran Tashkent City Mall, Seoul Mun va Alpomish muz saroyi yonida joylashadi.
Toshkentda birinchi Burger King restoranlari 2025-yil oxirigacha ochiladi

Foto: Spot

O‘zbekistonda birinchi Burger King restoranlari 2025-yil oxirigacha ochilishi aytilmoqda

Ma’lum qilinishicha, dastlabki uchta restoran Tashkent City Mall, Seoul Mun va Alpomish muz saroyi yonida joylashadi.

Mazkur restoranlarning ochilishi noyabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan. Biroq qurilish ishlari davom etayotgani bois, aniq sana aytilmagan.

Burger King haqida

Burger King fast-fud tarmog‘iga 1954-yilda AQShning Florida shtatida asos solingan. 

Bugungi kunda tarmoq 100 dan ortiq mamlakatda 19 mingdan ziyod savdo nuqtasiga ega. Kunlik tashrif buyuruvchilar soni 11 mln kishidan oshadi. 

Ma’lumot uchun, Burger King asosan franshiza orqali kengaygan. O‘zbekistonga ham aynan franshiza orqali kirib kelmoqda. Avvalroq, bu haqda batafsil yozgandik.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreyaning Mom’s Touch fast-fud tarmog‘i O‘zbekistonga franshiza orqali kirib kelmoqda.

#burger_king#fast-fud

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar