Raqobat qo‘mitasining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi uy sotib olgan fuqaroga vaqtida qurib topshirilmagan uy uchun quruvchidan 66 mln so'm penyani to'liq undirib berdi. Bu haqida boshqarma tanga.uz ga ma'lum qildi.
Ma'lumotga ko'ra, fuqaro “SARBON SHAHARCHASI” MChJdan yangi qurilayotgan uylarning 4 tasini xarid qilgan. Ammo uy-joylar shartnomada belgilangan muddatda, ya’ni 2024-yil dekabr oyigacha qurib bitkazilmagan.
Qayd etilishicha, shartnomaning 5.1-bandida har bir kechiktirilgan kun uchun kompensatsiya pullari belgilangan. Xaridor kompensatsiyani undirib berish bo'yicha boshqarmaga murojaat qilgan va murojaati qondirilgan.
Fuqarolik Prosetsual kodeksining 249 va 253-moddalariga asosan 66 mln so'm fuqaro hisobiga o'tkazib berilgan.
Avvalroq qurilish kompaniyalari o'z shartnomalarida noqonuniy bandlarni qo'shayotgan va kompensatsiyalarni to'lab bermayotgan holatlar kuzatilayotgani ma'lum qilingan edi.
