Halyk Bank’ka Click’ning ulushini sotib olishga ruxsat berildi

02.10.2025 12:08
Qozog‘istonning tartibga soluvchi organi Halyk Bank’ka Click kompaniyasining ulushini sotib olishga ruxsat berdi. Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi tartibga soluvchi organlar mazkur kelishuvga hali ruxsat bermagan.
Halyk Bank’ka Click’ning ulushini sotib olishga ruxsat berildi

Foto: Beshtor Telegram kanali

Qozog‘istonning tartibga soluvchi organi Halyk Bank’ka Click kompaniyasining ulushini sotib olishga ruxsat berdi

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning iyul oyida Halyk Bank hamda Click kompaniyasi o‘zaro ulushlarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi. 

Kompaniya rahbarlari Ulug'bek Rustamov va Umut Shayaxmetova

Kelishuvga ko‘ra, Halyk Bank Click kompaniyasining 49 foizlik ulushini 176,4 mln dollarga sotib oladi. 

O‘z navbatida, Click ushbu bankning O‘zbekistondagi sho‘ba korxonasi Tenge Bank’ning 49 foiz ulushini 60,76 mln dollarga xarid qiladi. 

Aynan shu kelishuv Qozog‘istonning tartibga soluvchi organi tomonidan tasdiqlandi. 

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistondagi tartibga soluvchi organlar mazkur kelishuvga hali ruxsat bermagan. 

Avvalroq, Halyk Bank hamda Click kompaniyasining tarixi haqida yozgandik.

#halyk_bank#click

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar