Oltin quymalarini sotib olishga bo‘lgan talab ortmoqda

06.10.2025 12:45
O'zbekchaРусский
Oltin narxlarining oshishi fonida ularni sotib olishga bo‘lgan talab ortmoqda. Xususan, 3-oktyabr holatiga ko‘ra banklarda 159 ta oltin quymalari qolgan. Ma’lumot uchun, oltin quymasining narxi yil boshidan nisbatan 40,5 foizga oshdi.
Oltin quymalarini sotib olishga bo‘lgan talab ortmoqda

Foto: paytm.com

Oltin quyma narxlarining oshishi fonida ularni sotib olishga bo‘lgan talab ham ortmoqda. 

Xususan, 3-oktyabr holatiga ko‘ra banklarda 159 ta oltin quymalari qolgan:

  • 5 grammli quymalar — 16 dona
  • 10 grammli quymalar — 33 dona
  • 20 grammli quymalar — 53 dona
  • 50 grammli quymalar — 54 dona
  • 100 grammli quymalar — 3 dona

O‘zbekistonda oltin quymalarini banklar orqali onlayn yoki oflayn tarzda sotib olish mumkin. 

Bu jarayon qanday amalga oshirilishi haqida ushbu maqolada batafsil ma’lumot berilgan. 

6-oktyabr kuni uchun 1 gr oltin quymasining narxi 1 mln 572 ming so‘mni tashkil etmoqda. 

Bu O‘zbekiston tarixidagi eng yuqori narx hisoblanadi. 

Oltin quyma narxlari sentyabr oyining boshiga nisbatan 12,2 foizga, yil boshiga nisbatan esa 40,5 foizga oshdi. 

Shunday qilib, 2025-yil boshida oltin sotib olganlar 40,5 foiz foyda ko‘rdi. 

Ma'lumot uchun, O‘zbekistondagi eng daromadli omonatlarning yillik foiz stavkasi 23 foizni tashkil etmoqda

Oltinning jahon bozoridagi 1 troy unsiyasi 2025-yil oxirigacha 2 ming 800 dollarga yetishi prognoz qilinayotgan edi. 

Biroq narxlar sentyabr oyining o‘zidayoq bu ko‘rsatkichga yetib, oktyabr oyi boshida 3 ming 900 dollardan ham oshib ketdi. 

6-oktyabr soat 17:23 holatiga ko‘ra, oltinning 1 troy unsiyasi 3 ming 935 dollarni tashkil etmoqda.

#oltin_quymasi

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar