Toshkent fond birjasida UzBAT kompaniyasining davlat ulushi 269,8 mlrd so‘mga sotildi.
Bunda har birining nominal qiymati 420,4 ming so‘m bo‘lgan 641 ming 661 ta aksiya, ya’ni kompaniyaning 2,6 foiz ulushi sotilgan.
Natijada, kompaniya kapitalizatsiyasi 10,36 trln so‘mga yetdi. Bu salkam 855 mln dollarga teng.
Kapitalizatsiya — bu kompaniyaning bozor qiymati, ya’ni barcha aksiyalarining umumiy qiymatini anglatadi.
UzBAT’ning qolgan 97,38 foiz ulushi Saber Baber kompaniyasiga qarashli bo‘lsa, qolgan aksiyalar jami 40 nafar kompaniya xodimlariga tegishlidir.
Ma’lumot uchun, UzBAT kompaniyasi tamaki biznesi bilan shug‘ullanadi.
Kompaniyaning 2024-yildagi sof foydasi 40 foizga oshib, 1,41 trln so‘mga yetgandi.
UzBAT aynan shu yili O‘zbekistondagi xususiy kompaniyalar orasida eng ko‘p (2,9 trln so'm) soliq to‘lagandi.