Uzum kompaniyasi IPO uchun maydon sifatida London fond birjasini ko‘rib chiqmoqda

20.10.2025 06:47
O'zbekchaРусский
Uzum kompaniyasi IPO uchun maydonlar qatoriga London fond birjasini ham kiritdi. Kompaniya asoschilaridan biri Nikolay Seleznev 2027-yilga mo‘ljallangan IPO uchun aniq narx haqida gapirish hozircha erta ekanligini aytdi.
Uzum kompaniyasi IPO uchun maydon sifatida London fond birjasini ko‘rib chiqmoqda

Foto: Reuters

Uzum kompaniyasi IPO uchun maydonlar qatoriga London fond birjasini ham kiritdi. Bu haqda kompaniya asoschisi Nikolay Seleznev Reuters nashriga ma’lum qildi

Ma’lum qilinishicha, London fond birjasidan tashqari Nasdaq, Abu-Dabi hamda Gonkong birjalari ham ko‘rib chiqilmoqda. 

IPO — kompaniya aksiyalarini birinchi marta birjada sotuvga qo‘yishini anglatadi.

Seleznevning ta’kidlashicha, Xitoyning Tencent kompaniyasi Uzum ekotizimiga sarmoya kiritganidan so‘ng, unga bo‘lgan qiziqish ortgan.  

Seleznev 2027-yilga mo‘ljallangan IPO uchun aniq narx haqida gapirish hozircha erta ekanligini aytdi. 

Uning aytishicha, agar kompaniya London fond birjasini tanlasa, albatta birjadagi 100 ta eng yirik kompaniyalar aksiyalari narxini o‘rganadi.

Shuningdek, Seleznev Uzum kompaniyasi moliyalashtirishning keyingi bosqichida Yaqin Sharq va Buyuk Britaniya investorlari qiziqishini uyg‘otganini aytdi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, investorlar bilan suhbatlari nafaqat Uzum, balki O‘zbekiston salohiyati haqida ham bo‘lgan. 

Bundan tashqari, Seleznev kompaniyaning geografik kengayishini tezlashtirish tarafdori emasligini bildirdi. 

Biz ichki bozorda munosib g‘alaba qozonishni va yetakchilikni qo‘lga kiritishni, potensial hamkorlarga nafaqat bu yerda, balki boshqa joylarda ham o‘zini oqlaydigan tizimni yaratishga qodir ekanligimizni ko‘rsatishni istaymiz, - dedi Seleznev. 

Eslatib o‘tamiz, Uzum kompaniyasi 2025-yil avgust oyida Tencent hamda AQShning VR Capital kompaniyasi boshchiligida 70 mln dollar sarmoya jalb qilgandi. Ekotizim shu orqali 1,5 mlrd dollarga baholangandi.

#uzum #IPO

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar