O’zbekistonning to’qqiz oylik tashqi savdo aylanmasi qariyb 60 mlrd dollarga yetdi

22.10.2025 08:24
O'zbekchaРусский
2025-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd dollarga yetdi. Bu davrda import hajmi 33 mlrd dollarni  va eksport hajmi 26,7 mlrd dollarni tashkil etdi. Eksportning 37 foizi oltin hisobiga to'g'ri keldi.
O’zbekistonning to’qqiz oylik tashqi savdo aylanmasi qariyb 60 mlrd dollarga yetdi

Foto: yandex.ru

2025-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 59,8 mlrd dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 22,9 foizga yoki 11 mlrd dollarga ko‘proqdir.

Infografika: stat.uz

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 27 mlrd dollarga yetdi. Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 33,3 foizga oshganini ko’rsatadi. Import hajmi esa 33 mlrd dollarga yetdi, o'sish - 15,6%.

Bunda mamlakatning import hajmi eksportga nisbatan 6,4 mlrdga ko’proq bo’ldi.

Ma’lumotlarga ko'ra, Oʻzbekiston dunyoning  206 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda.

Infografika: Stat.uz

O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida asosiy hamkor davlatlar sifatida Xitoy (19,1 %), Rossiya (15,7 %), Qozog‘iston (5,8 %), Turkiya (3,6 %) va Koreya Respublikasi (2,2 %) yetakchi o‘rinlarni egalladi.

Infografika: stat.uz

Yanvar-sentabr oylaridagi eksport hajmining asosiy qismini oltin tashkil etdi. Bunda oltin eksport hajmining 37,1 foizini, qariyb 10 mlrd dollarni tashkil etdi.

Infografika: stat.uz

O’zbekistonda import hajmining asosiy qismi mashina va transport asbob uskunalari hisobiga to’gri keladi. Xususan, importning 33,9 foizini yoki 11,2 mlrd dollarini aynan ushbu turdagi tovarlar tashkil etadi.

Avvalroq, tanga.uz O’zbekistonning 2025-yil yanvar–avgust oylaridagi eksport-import hajmi haqida yozgan edi.

#eksport#import

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar