UzAuto Motors kompaniyasi yangi raqamli tizim joriy etdi

25.10.2025 10:59
UzAuto Motors kompaniyasi yangi raqamli tizim joriy etdi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobil xarid qilish shartnomalari maxsus QR-kod bilan taqdim etiladi. Ushbu QR-kod yordamida xaridor shartnomaning haqiqiyligini mustaqil tekshira oladi.
UzAuto Motors kompaniyasi yangi raqamli tizim joriy etdi

Foto: bubb.uz

UzAuto Motors kompaniyasi yangi raqamli tizim joriy etdi. Unga ko‘ra, endilikda avtomobil xarid qilish shartnomalari maxsus QR-kod bilan taqdim etiladi. 

Ushbu QR-kod yordamida xaridor shartnomaning haqiqiyligini mustaqil ravishda tekshirish imkoniga ega bo‘ladi. QR-kodni telefon orqali skanerlab, mijoz quyidagi ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin:

  • xaridorning ism-sharifi,
  • shartnoma raqami,
  • avtomobil narxi va to‘lov tafsilotlari,
  • dilerning nomi va manzili,
  • avtomobil haqidagi ma’lumotlar,
  • shartnoma holati.

Shuningdek, endilikda QR-kodsiz shartnomalar haqiqiy hisoblanmaydi.

Kompaniya ushbu tizim qalbaki shartnomalarga aldanib qolish holatlarining oldini olish maqsadida joriy etilganini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilning 3-noyabr sanasida Chevrolet dilerlik markazlarida Cobalt modelining yangi ikkita versiyasi hamda mavjud ikkita versiyasi sotuvga chiqariladi. 

Ularning narxlari va yangilangan modellarga qo‘shilgan funksiyalar haqida avvalroq batafsil ma’lumot bergandik.

#UzAuto_Motors#qr-kod

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar