2025-yil 1-oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 73 ta xorijiy elektron kompaniya faoliyat yuritmoqda.
Ular 2025-yilning yanvar-sentyabr oylari davomida O‘zbekistonda 1,047 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatdi.
Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 332,6 mlrd so‘mga yoki 46,5 foizga ko‘pdir.

Foto: Soliq qo'mitasi
Ushbu xizmatlarning 81 foizi Meta, Apple hamda Google kompaniyalari tomonidan ko‘rsatilgan.
Mazkur davrda bu elektron kompaniyalar mamlakatga 124,8 mlrd so‘m soliq to‘ladi.
Bu 2024-yilning mos davriga nisbatan 38,5 mlrd so‘mga yoki 44,6 foizga ko‘pdir.
2024-yilning yanvar-sentyabr oylarida TOP-10 elektron soliq to‘lovchi xorijiy kompaniyalar qatorida bo‘lgan Yandex Europa va Xsolla joriy ro‘yxatda qayd etilmagan.
Shuningdek, to‘rtinchi o‘rinda bo‘lgan Amazon esa o‘ninchi o‘ringa tushib qoldi.
So‘nggi bir yilda Netflix tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 538 mln so‘mga kamaydi.
O‘tgan yili uchinchi o‘rinda bo‘lgan Apple kompaniyasining xizmatlari hajmi esa 74 mlrd so‘mga oshib, Google kompaniyasidan o‘zib ketdi.
Avvalroq, mazkur kompaniyalarning 6 oylik xizmatlari hajmi hamda to‘lagan soliqlari haqida yozgandik.
