2025-yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalari 366 ming 631 ta avtomobil sotdi.
Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23 ming 819 taga yoki 7 foizga ko‘pdir.
Ushbu o‘sish asosan Chevrolet modelidan boshqa modellar sotuvining ortishi hisobiga yuz berdi. Biroq, shunga qaramay, uning ulushi 76 foizni tashkil etmoqda.

Manba: UzAuto
Mazkur davrda Chevrolet modellarining sotuvi 8 foizga kamaygan bo‘lsa, boshqa modellar, xususan Haval (213%), Isuzu (61%), Chery (47%), BYD (42%) va KIA (38%) modellari sotuvida o‘sish kuzatildi.
Modellar bo‘yicha
Ushbu davrda Cobalt modelining sotuvi 13 ming 465 donaga kamayib, 98 ming 976 donani tashkil etdi.
Biroq Damas modeli aksincha 4 ming 217 taga ko‘payib, 88 ming 735 donaga yetdi. Shuningdek, ushbu davrda Labo modelining sotuvi ham 6 ming 204 taga oshdi.

Manba: UzAuto
Onix modeli esa 4 ming 906 taga kamaygan bo‘lsa, Tracker modelining sotuvi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2 ming 883 taga ko‘paydi.
Ushbu davrda Chevrolet modellaridan keyin eng ko‘p sotilgan model KIA Sonet bo‘ldi. Mazkur modelning sotuvi 3 barobarga oshib, 15 ming 72 donaga yetdi.
Avvalroq, O‘zbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning sakkiz oylik natijalarini yozgandik.
