O‘zbekistonning Bellissimo Pizza tarmog‘i Qozog‘iston bozoridagi faoliyatini kengaytirmoqda.
Tarmoq o‘tgan hafta Olmaota shahridagi Papa John’s brendiga tegishli 6 ta savdo nuqtasini ijaraga oldi. Uskunalarini esa sotib olgan. Bu haqda Spot nashri xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, dekabr oyidan boshlab ushbu nuqtalar Belissimo Pizza nomi ostida bosqichma-bosqich ochila boshlaydi.
Tarmoq asoschisi Farrux Abdullayev, Qozog‘istonlik mijozlar Belissimo pitsalarini yuqori baholaganini, bu esa kengayishga turtki bo‘lganini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Billessimo Pizza tarmog‘i 2025-yilning sentyabr oyida Qozog‘istonning Astana shahrida birinchi filialini ochdi.
Tarmoqning Qozog‘istondagi faoliyatiga Magomed Kostoyev rahbarlik qilmoqda.
Kostoyevning ta’kidlashicha, tarmoq 2028-yilning oxirigacha mamlakatdagi savdo nuqtalari sonini 200 taga yetkazishni rejalashtirgan.
