OTB O‘zbekistonga o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun 100 mln dollar kredit ajratmoqda

19.11.2025 07:36
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga 100 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. Bu mablag‘lar maktablarda STEM-ta’limni rivojlantirishga yo‘naltiriladi. Mamlakat bundan avval bankdan 300 mln dollar kredit olgandi.
OTB O‘zbekistonga o‘rta ta’limni rivojlantirish uchun 100 mln dollar kredit ajratmoqda

Foto: Vazirlik matbuot xizmati

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekistonga 100 mln dollar miqdorida kredit ajratmoqda. 

Bu haqda 17-noyabr kuni bank prezidenti Masato Kanda hamda O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev o‘rtasidagi uchrashuvda kelishib olindi

Xabar qilinishicha, mazkur mablag‘lar maktablarda STEM-ta’limni rivojlantirish uchun yo‘naltiriladi. 

STEM - bu Science (Fanlar), Technology (Texnologiya), Engineering (Muhandislik) va Mathematics (Matematika) so‘zlarining qisqartmasidir. 

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 1995-yilda OTBga a’zo bo‘lgan. Mamlakat shundan buyon 14,6 mlrd dollarga teng miqdorda kreditlar, grantlar va texnik yordam olgan. 

Bundan oldin O‘zbekiston OTBdan kichik biznesni rivojlantirish maqsadida 300 mln dollar miqdorida kredit olish bo‘yicha kelishuvga erishgan edi.

#otb#stem#kredit

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar