Davlat kompaniyalarida 20 turdagi xizmat autsorsing asosida bajariladi

24.11.2025 15:46
O'zbekchaРусский
Prezident farmoyishiga ko‘ra, davlat kompaniyalarida 20 turdagi xizmat autsorsing asosida amalga oshirilishi belgilandi. Bular qatoriga xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish xizmati ham kiritilgan.
Davlat kompaniyalarida 20 turdagi xizmat autsorsing asosida bajariladi

Foto: habr.com

Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirishga qaratilgan Prezident farmoyishi qabul qilindi. 

Mazkur farmoyish shuningdek, ulardagi faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan. 

Unda keltirilishicha, davlat korxonalarida 20 turdagi xizmat autsorsing asosida bajarilishi lozim. Ular quyidagilar:

  1. Bino va hududlarni tozalash (klining) xizmati
  2. Qorovullik va obyektlarni muhofaza qilish xizmati
  3. Ishchilar ovqatlanishini tashkil etish (keytering) xizmati
  4. Xodimlarni xizmat avtotransporti bilan ta’minlash xizmati (haydovchi bilan birga)
  5. Bino va inshootlarni texnik qo‘llab-quvvatlash (santexnika, elektr ta’minoti va boshqa muhandislik xizmatlari)
  6. Ishlab chiqarish uskunalariga texnik xizmat ko‘rsatish
  7. Axborot texnologiyalari infrastrukturasiga xizmat ko‘rsatish (IT-autsorsing)
  8. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish va texnik qo‘llab-quvvatlash xizmati
  9. Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni yuritish xizmati
  10. Yuridik maslahat va huquqiy hamrohlik xizmati
  11. Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish (rekruting) xizmati
  12. Ish haqini hisoblash va kadrlar bo‘yicha hujjat yuritish xizmati
  13. Marketing, reklama va jamoatchilik bilan aloqalar xizmati
  14. Mijozlar uchun koll-markaz va axborot xizmati
  15. Pochta-kuryerlik va hujjat yetkazib berish xizmati
  16. Poligrafiya va bosmaxona xizmati (matbaachilik va nusxa ko‘paytirish ishlari)
  17. Konferensiya, seminar va boshqa tadbirlarni tashkil etish xizmati
  18. Avtoparkni boshqarish va avtotransportlarga servis xizmati
  19. Laboratoriya sinovlari va sertifikatlash xizmatlari
  20. Ichki audit va konsalting xizmati

Eslatib o‘tamiz, endilikda davlat kompaniyalari Prezident ruxsatisiz homiylik qila olmaydi.

#autsorsing#davlat_korxonalari

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar