Toshkentda avtomobillar harakati raqamiga qarab cheklanishi mumkin

25.11.2025 07:44
Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaga avtomobillarning davlat raqamiga mos ravishda toq va juft kunlari harakatlanishini cheklash huquqi berildi.
Toshkentda avtomobillar harakati raqamiga qarab cheklanishi mumkin

Foto: news.myseldon.com

Prezident farmoniga binoan, Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida maxsus komissiya tashkil etildi. 

Ushbu komissiyaga tabiiy changlanish kuchaygan paytlarda sanoat transport vositalari harakatini cheklash vakolati berildi. 

Unga ko‘ra, komissiya avtomobillarning davlat raqamiga mos ravishda toq va juft kunlari harakatlanishini cheklash vakolatiga ega bo‘ldi. 

Mazkur cheklov elektromobillarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 

Shuningdek, komissiyaga harakati vaqtinchalik cheklanadigan avtotransport vositalari turlarini, ko‘chalar va boshqa hududlarni belgilash vazifasi ham yuklatildi.

Eslatib o‘tamiz, maishiy havo tozalagichlar uchun bojxona to‘lovi bekor qilindi.

#cheklov#avtomobillar#ekologiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar