Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalar gaz bilan ta’minlanadi

25.11.2025 13:40
Energetika vazirligi Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarga uzluksiz gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi. Mazut, jun tolasi va shu kabilarni yoqilg‘i sifatida foydalangan issiqxonalarning esa isitish qozonlari davlatga musodara qilinadi.
Toshkent shahri va uning atrofidagi issiqxonalar gaz bilan ta’minlanadi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Toshkent shahri va unga tutash bo‘lgan barcha issiqxonalarga tabiiy gaz yetkazib beriladi. Bu bo‘yicha Prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, Energetika vazirligi Toshkent shahri va unga tutash hududlardagi issiqxonalarga uzluksiz gaz yetkazib berishni yo‘lga qo‘yadi. 

Shuningdek, Ekologiya qo‘mitasiga maydoni kamida 200 kvadrat metr bo‘lgan issiqxonalarda chang va gaz tozalash uskunalari mavjudligini tekshirish vazifasi yuklandi. 

Agar bu uskunalar mavjud bo‘lmasa, yuridik shaxslarga nisbatan jarima miqdori 5 baravar, jismoniy shaxslarga esa 3 barobar oshirilgan holatda undirilishi belgilandi. 

Bundan tashqari, maydoni 200 kvadrat metrdan katta issiqxonalarni isitish uchun taqiqlangan yoqilg‘i ishlatganlarga nisbatan jazo kuchaytirildi. 

Unga ko‘ra, agar shina, bitum, ishlatilgan avtomobil moyi, plyonka, rezina, jun tolasi kabi yoqilg‘ilardan foydalanilsa, issiqxonalarning isitish qozonlari davlat foydasiga musodara qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi ekologiyani yaxshilash maqsadida avtomobillar harakati davlat raqamiga qarab cheklanishi mumkin.

#issiqxonalar#ekologiya

Xabarni ulashish:

Eng ko'p o'qilganlar