Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun budjet loyihasini taqdim etdi.
Loyihaga ko‘ra, 2026-yilda budjetdan 328,1 trln so‘m mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan.
Ushbu mablag‘larning davlat tashkilotlari kesimida taqsimlanishi quyidagicha:
- Iqtisodiyot va moliya vazirligi — 105,9 trln (2025-yilda 95,9 trln ajratilgan)
- Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi — 63,69 trln so‘m (59,5 trln)
- Ijtimoiy himoya milliy agentligi — 22,42 trln (21,139 trln)
- Suv xo‘jaligi vazirligi — 10,36 trln (10,4 trln)
- Transport vazirligi — 7,30 trln (6,7 trln)
- Sog‘liqni saqlash vazirligi — 6,80 trln (5,1 trln)
- Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi — 6,36 trln (6,6 trln)
- Prezident administratsiyasi — 3,05 trln (1,673 trln)
- Bosh prokuratura — 3,008 trln (2,732 trln)
- Vazirlar Mahkamasi — 2,59 trln (2,184 trln)
- Qishloq xo‘jaligi vazirligi — 2,27 trln (1,794 trln)
- Qurilish vazirligi — 2,23 trln (1,992 trln)
- Oliy sud — 1,99 trln (1,804 trln)
- Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi — 1,62 trln (1,116 trln)
- Fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash fondi — 1,441 trln
- Madaniyat vazirligi — 1,28 trln (1,172 trln)
- Sport vazirligi — 1,22 trln (1,135 trln)
- Tashqi ishlar vazirligi — 1,117 trln (1 trln)
- Ekologiya vazirligi — 1,10 trln (927 mlrd)
- MTRK — 887,6 mlrd (881,4 mlrd)
- Geologiya vazirligi — 838 mlrd (1 trln)
- Energiya samaradorligi agentligi — 709,86 mlrd
- Bandlik vazirligi — 582,8 mlrd (733 mlrd)
- Fanlar akademiyasi — 534,36 mlrd (446,8 mlrd)
- Raqamli texnologiyalar vazirligi — 528 mlrd (532 mlrd)
- Yoshlar ishlari agentligi — 507,66 mlrd (456 mlrd)
- Kasaba uyushmalari federatsiyasi — 400 mlrd (350 mlrd)
- Adliya vazirligi — 350 mlrd (322 mlrd)
- Milliy statistika qo‘mitasi — 346,4 mlrd (238,8 mlrd)
- Madaniy meros agentligi — 251,36 mlrd (177,3 mlrd)
- Badiiy akademiya — 249,8 mlrd (160,4 mlrd)
- Qonunchilik palatasi — 229,3 mlrd (178,9 mlrd)
- Soliq qo‘mitasi — 176,7 mlrd (169,4 mlrd)
- Din ishlari qo‘mitasi — 172,65 mlrd (163,7 mlrd)
- Texnik jihatdan tartibga solish agentligi — 166,69 mlrd (105,7 mlrd)
- Hisob palatasi — 136,99 mlrd (116 mlrd)
- Senat — 128,18 mlrd (127 mlrd)
- Energetika vazirligi — 110 mlrd (123 mlrd)
- Boshqaruv samaradorligi agentligi — 93,18 mlrd (53,7 mlrd)
- Ma’naviyat va ma’rifat markazi — 78,25 mlrd (75,4 mlrd)
- Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi — 64,34 mlrd (95,7 mlrd)
- Sudyalar oliy kengashi — 58,7 mlrd (53,7 mlrd)
- Sanoat xavfsizligi qo‘mitasi — 57,22 mlrd
- Migratsiya agentligi — 50 mlrd
- Yengil sanoat agentligi — 47 mlrd
- Atom energiyasi agentligi — 46,38 mlrd
- O‘zA — 44 mlrd (40,7 mlrd)
- Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi — 35,69 mlrd (33,2 mlrd)
- Markaziy saylov komissiyasi — 31,98 mlrd (29,4 mlrd)
- O‘zenergoinspeksiya — 28,92 mlrd
- Strategik islohotlar agentligi — 27,12 mlrd (20,3 mlrd)
- Ombudsman — 24,56 mlrd (18,6 mlrd)
- Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz — 17,45 mlrd (16,1 mlrd)
- Millatlararo munosabatlar qo‘mitasi — 16,33 mlrd
- Raqobat qo‘mitasi — 13,54 mlrd (12,6 mlrd)
- Konstitutsiyaviy sud — 13,19 mlrd (12,9 mlrd)
- Davaktiv agentligi — 13,12 mlrd (12,1 mlrd)
- Bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi — 11,7 mlrd
- Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi — 10,08 mlrd
- Milliy antidoping agentligi — 9,27 mlrd
- Agroinspeksiya — 8,72 mlrd (9,3 mlrd)
- Telekommunikatsiyalarni tartibga solish agentligi — 7,23 mlrd
- Bolalar ombudsmani — 3,57 mlrd (3,5 mlrd)
- Energetika bozori agentligi — 3,03 mlrd
- Sog‘lom avlod uchun jamg‘armasi — 910 mln (910 mln)
- Boshqa tashkilotlar — 74,12 trln (49,989 trln)
Yuqorida keltirilgan tashkilotlarning deyarli barchasiga yo‘naltirilayotgan mablag‘lar oshgan.
Biroq, quyidagi davlat tashkilotlariga ajratilayotgan mablag‘lar miqdori kamaygan:
- Bandlik vazirligi — (-20,5%)
- Tog‘-kon va geologiya vazirligi — (-16%)
- Energetika vazirligi — (-10,5%)
- Raqamli texnologiyalar vazirligi — (-0,7%)
- Oliy Majlis Senati — (-0,7%)
- Suv xo‘jaligi vazirligi — (-0,4%)
Avvalroq, 2025-yilning birinchi yarmi uchun budjet daromadlari hamda xarajatlari haqida ma’lumot bergan edik.
